KOMPANIYA HAQIDA
"MUSTAQIL-M" MCHJ — 25 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan auditorlik tashkiloti. Kompaniya 1996 yil 26 sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, 2014 yil 4 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qayta ro‘yxatdan o‘tgan (№231). Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga egamiz (seriya AF №00837, 2019 yil 3 mayda berilgan; avvalgi litsenziya seriya AF №00311, 1996 yil) va 09.06.2021 yilda №33 son bilan O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligining "Auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari ro'yxati"ga kiritilgan.
Asosiy ma’lumotlar:
Kompaniyaning ustav jamg‘armasi — 194 mln so‘m.
Har yili kasbiy mas’uliyatimiz "ALSKOM" Davlat sug‘urta aksiyadorlik kompaniyasida sug‘urtalanadi. 2024-2025 yillarda sug‘urta polisi miqdori 5 milliard so‘mni tashkil qiladi.
Mutaxassislarimiz xalqaro auditorlik va buxgalteriya kurslarida muntazam ravishda ishtirok etib, malakasini oshirib boradi.
Nega bizni tanlashadi:
Kompaniyamiz – bu biznesingiz uchun ishonchli hamkordir. Chunki biz audit va konsalting sohasida xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi quyida keltirilgan korxona va tashkilotlarga turli davrlarda malakali, sifatli, ishonchli xizmatlar ko‘rsatib, ularning ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lganmiz.
Barchani 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini...
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida «Yilning eng yax...
1. "Мустакил-М" директори М.Назаров конференцияда иштирок эт...