RASHIDOV FARRUX ISMOILOVICH
KOMPANIYA HAMKOR TASISCHISI, AUDITOR
Ta’lim:
- 1998-2002-yillar: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti. Mutaxassislik – Buxgalteriya hisobi va audit.
- 2015-2017-yillar: Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi. Mutaxassislik – Biznes boshqaruvi magistri (MBA).
Ish tajribasi:
- 2020-yildan hozirgacha: O‘zbekiston auditorlar palatasi direktori.
- 2024-yilda: «Fond rivojlantirish kichik biznes» MChJ bo‘lim boshlig‘i.
- 2022-2024-yillar: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi dekani.
- 2022-yilda: «Infinite Advisory» auditorlik tashkiloti direktor o‘rinbosari.
- 2019-2022-yillar: «MUSTAQIL-M» auditorlik tashkiloti direktor o‘rinbosari.
- 2018-2019-yillar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i.
- 2015-2018-yillar: «MUSTAQIL-M» auditorlik tashkiloti direktor o‘rinbosari.
- 2015-2017-yillar: Ichki audit xizmati auditori AK «O‘zspirtsanoat», Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy akusherlik va ginekologiya markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazida.
- 2010-2013-yillar: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida buxgalter-mutaxassis.
- 2010-2013-yillar: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasi va investitsiya loyihalari hamda dasturlarini ekspertiza qilish respublika markazi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari.
- 2005-2010-yillar: «O‘zbek-Turk Test Markazi» QK bosh buxgalteri (O‘zbekiston «O‘zstandart» agentligi qoshida).
- 2004-2005-yillar: «Sinov va sertifikatlash respublika markazi» bosh buxgalteri («O‘zstandart» agentligi qoshida).
- 2002-2004-yillar: «Sinov va sertifikatlash respublika markazi» bo‘lim boshlig‘i («O‘zstandart» agentligi qoshida).
Jamoat faoliyati:
- O‘zbekiston auditorlar palatasi ishchi organi a’zosi.
Shaxsiy yutuqlar:
- Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi.